21:04
Ana sizga to'y!
O‘zbekistonda to‘yxona egalari tomonidan to‘y xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldi olinadi. Bu haqda To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu borada doimiy ravishda to‘yxona egalari orasida uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib boriladi. Mas'ullar - Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi.

Shuningdek, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni namunali tashkil etish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi yuritiladi. Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi mezonlari ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha muqaddas dinimizda ko‘zda tutilgan amallar va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishda imom-xatiblar e'tiborini:

- FHDYo organlari tomonidan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi berilgandan so‘ng shar'iy nikoh o‘qishga;

- mahallalardagi diniy-ma'rifiy uchrashuvlar, an'anaviy suhbatlar va juma namozlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, to‘ylarga sarpo va buyum yig‘ishga ruju qo‘ymaslik, ularni o‘tkazishda belgilangan talablarga amal qilishga;

- turli xil bid'at va xurofotlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi oldini olish bo‘yicha nasihatlar berib borish zarurligi to‘g‘risidagi masalalarga qaratish mo‘ljallangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi alohida chora-tadbirlar rejasiga muvofiq targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi
Просмотров: 14 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar